35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash hamda oilaviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, muammoli oilalarni aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish va mavjud muammolarni deputatlik nazoratiga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1