Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Bolalar shaharchasi”da kunduzgi parvarishda bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarning fikr va takliflari tinglanib, bolalarning parvarishi, ta’lim-tarbiyasi hamda ular uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan suhbatlashildi.
Shuningdek, ota-onalarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.