35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MAHALLADAGI MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

24 ta tavsiya asosida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Yashnabod» MFY raisi bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahallaning bugungi holati, hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi murojaatlari hamda ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ularning natijadorligini nazorat qilib borish bo‘yicha kelishib olindi.