35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT


Payshanba — Yoshlar kuni!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafro‘z Qurbonova tomonidan Taxtako‘prik MFY hududida istiqomat qiluvchi uyushmagan, bandligi ta’minlanmagan hamda vaucher asosida kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi nazoratga yo‘naltirildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Slide 1 of 3