Yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Yunusobod tumanida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Uchrashuv davomida Yunusobod tuman Kengashi deputati Katta­xodjayev Sherzod tomonidan hududdagi suv ta’minoti holati, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

📝Muammoli hududlarni o‘rganish, suv tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

🤝Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2