✅Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Umrzaqov “Mash’al” massividagi “Sharofiddin O‘rinboy mevazori” fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
🌳 Tashrif davomida mas’ullar bilan birgalikda bog‘larni parvarishlash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
💬 Xo‘jalik rahbari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda meva-sabzavotlarni eksport qilish, yangi tashqi bozorlarni topish va mahsulot sifatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
💧 Shuningdek, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur tavsiya hamda topshiriqlar berildi.