Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Umidjon Xolmatov tomonidan Do‘stlik mahallasi fuqarolarining murojaatlari o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Har bir murojaat deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda xalq bilan muloqotni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.