Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📢 Deputatlik so‘rovi natijasi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” Davlat muassasasiga D-164 “Sherobod shahri – Surxon temir yo‘l stansiyasi” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining ayrim qismlari ta’mirtalab holga kelgani, yo‘l qoplamasi yaroqsiz holga tushganligi sababli yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 

Ushbu deputatlik so‘rovi natijasida Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” Davlat muassasasi tomonidan yo‘lning 0–6–7 km qismiga 150 tonna issiq asfalt yotqizib, ta’mirlash ishlari amalga oshirilib deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 6