Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tomonidan Nurobod tumanidagi 2-son politexnikumida ta’lim jarayonlari hamda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, o‘quv xonalarining jihozlanishi, amaliy mashg‘ulotlar sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Deputat tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.