Bugun, 2-sentabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumanmizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Sherboyev Dilmurod ushbu tadbirda o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma’no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.