Yangiliklar

Deputat_nazorati

 Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Xaydarov Umidjon Ummatkulovich tomonidan Mirzo ulug'bek mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o'rganildi.

O'rganish jarayonida mahalladagi Ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati tahlil qilindi.

Shuningdek mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar joyida muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3