Yangiliklar

Jonkuyar_deputat

Xorijdagi yoshlar bilan muloqot: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Niyoz Xazratkulov chet elda vaqtincha mehnat qilayotgan yoshlar bilan ZOOM platformasi orqali ochiq muloqot o‘tkazdi.

Yoshlar tomonidan yashash va ishlash sharoitlari, duch kelinayotgan muammolar, til o‘rganish va kasbga tayyorgarlik, shuningdek, vatanga qaytgach ish bilan ta’minlanish masalalari ko‘tarildi. Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Kengash raisi bunday muloqotlar davomli bo‘lishini ta’kidlab, yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishini bildirdi.

Slide 1 of 3