Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 4-Farhod saylov okrugidan saylangan deputati Akrom Bo‘tayev "Farhod" mahallasida joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rganib chiqdi.

📝 O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

📎Maktab binosidagi oynalar 100% almashtirilgan;

📎Tom qismi to‘liq (100%) yangilangan;

📎Pol ta’mirlash ishlari 30% bajarilgan;

📎Isitish tizimi bo‘yicha ishlar 70% darajasida amalga oshirilgan;

📎Binoni tashqi sovuq va issiqdan himoyalash ishlari to‘liq (100%) yakunlangan;

📎Kosmetik ta’mirlash ishlari esa 30% bajarilgan.

Deputat maktabdagi qurilish-ta’mirlash ishlari sifatini oshirish va ularni belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 6