Yangiliklar

“Deputat mahallada” loyihasi

 O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqoltin tuman Kengashi
deputati Iroda Quchqarova hamda “Ko'rkam diyor” mahallasi ettiligi bilan
navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda mahalla ettiligi hisoboti
eshitildi.  

 Shuningdek, Mahalla ettiligi o‘zining faoliyati,
bo‘yicha amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Mahalla tomonidan ko‘tarilgan
muammolar yechimi bo‘yicha qilingan ishlar haqida aniq ma’lumotlar berildi. 

Tadbir
davomida mahalladagi muammolar, ta’mir talab yo’larni bartaraf etish, ishsiz
yoshlarni, ishga joylashtirish, muhimligi ta'kidlandi. 

 Xususan,
aholi bilan to'g'ri va samarali muloqot o'rnatish, murojaatlar bilan
ishlashning huquqiy asoslari, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada
yuksaltirish borasida aniq tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 5