Yangiliklar

Deputat munosabati

2025 yil 10–11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investisiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbuslar mamlakatimizda islohotlar yangi bosqichga chiqqanini yaqqol ko‘rsatdi. Mamlakatimizdagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi. Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga yaxshilandi. “Yangi O‘zbekiston – investisiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati” degan tamoyilni amaliy natijalarga aylantirish maqsadida barcha choralar ko‘rilayotgani, global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarurligi alohida ta’kidlandi.

Umuman olganda, ushbu forum mintaqa va dunyo sarmoyadorlari uchun ishonchli, barqaror va foydali makonga aylanishiga xizmat qiladi.