Yangiliklar

”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan «Qo‘shchinor» mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan hududdagi 2 ta BSK rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi.

🗣️Muloqot davomida ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini mavsumga tayyorlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, tom qismi, yerto‘la va boshqa umumiy foydalanish joylarining holati, shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

✅Shuningdek, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda BSKlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

📌 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-son Qonuni talablari asosida amalga oshirilmoqda. Qonunning 15-moddasida ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini lozim darajada saqlash, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan bog‘liq vazifalar belgilangan.

Slide 1 of 2