Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📚 MAKTAB KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “Oyinli” mahallasida joylashgan 74-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.

🔎 Tashrif davomida maktabning kutubxona markazida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati, kitoblarning saqlanishi hamda ulardan o‘quvchilar foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi.

📖 Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni ilm-fan va adabiyotga kengroq jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

💡 O‘rganish davomida kutubxona markazining ta’lim jarayonidagi o‘rnini yanada kuchaytirish, kitob fondini boyitish, zamonaviy va qiziqarli adabiyotlar bilan ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun qulay mutolaa muhitini yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4