Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Yoshlar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📝 Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, ularni amalga oshirish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

💬 Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar bilan samarali hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3