Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Fuqaro_masalasi
📌 Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Hakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Boybuloq” mahallasining Paxtakor qishlog‘ida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularning taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.

📝 Saylovchilar tomonidan, xususan, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4