Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
🔹 Masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔹 Muhokamalar yakunida sessiyaga kiritish uchun doimiy komissiya tomonidan tavsiya etilgan qaror loyihalari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
🤝 Maqsad — hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash.