Yangiliklar

🌿 Obod mahalla — farovon hayot maskani!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z.Esirgopova tomonidan Qoraqo‘yli mahallasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi obodonlashtirish ishlarining borishi, atrof-muhit tozaligi, mavjud maydonlarning holati hamda bog‘larning saqlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

🌳 Mahallaning fayz-u tarovati, hududlarning ozodaligi va yashil maskanlarning ko‘rkamligi — aholi uchun qulay va farovon muhit yaratishning muhim omillaridan biridir.

🤝 Deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
✨ Obodlik — o‘zimizdan, go‘zallik — e’tibor va mehnatdan!

Slide 1 of 4