Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B. Jo‘rayev, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari B. Xabibullayev va K. Ortiqbayev ishtirokida Bekobod tumani “Toza hudud” davlat muassasasining chiqindilarni olib chiqish faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hududdagi mavjud holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya-tozalik talablariga rioya etilishi, shuningdek, sohada uchrayotgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🌱 Atrof-muhit musaffoligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Hududlarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va aholiga qulay sharoit yaratish muhim vazifalardan biridir.
📌 Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.