Yangiliklar

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari B.Baxovadinov va N. aitqulov tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimi Z.Akbarov bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, oilaviy va ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida jinoyatchilikning oldini olishda mahalla, ichki ishlar organlari va boshqa mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4