DEPUTATLIK UCHRASHUVI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 3-Poshxurt saylov okrugi deputati, Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich Poshxurt va Chorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Ushbu uchrashuv davomida fuqarolarning qiynayotgan bir qator muammolari va takliflari tinglandi. Bir nechta fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan fuqarolarning taklif va muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.