Majlisni Oliy Majlis Senati raisi, Milliy Kengash raisi Tanzila Narbayeva olib bordi. Viloyat studiyasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi va a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idora mas’ul xodimlarining axborotlari eshitildi.
Shunday so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining ham birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi va kun tartibi yuzasidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari tarkibini tasdiqlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2025-yilning I yarim yillik Ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi ma’ruzasi tinglandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Surxondaryo viloyati hududiy Kengashining 36 nafar a’zolari tanishtirildi. Kun tartibidagi masala hududiy kengash a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda bir ovozda tasdiqlandi.
Yig‘ilish so‘nggida hududiy Kengash raisi Ish rejada ko‘rsatilgan hisobot va axborot beruvchilarni faoliyatini o‘rganib, Kengashning navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazib borish, ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali korrupsion holatlar bo‘yicha ijtimoiy roliklarni ko‘proq ko‘rsatib borish zarurligini ta’kidladi.