35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov tomonidan Hakimobod mahallasida saylovchilar bilan individual uchrashuv o‘tkazildi.

🏘️ Suhbat davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududda yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda aholi uchun amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

😊 Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnunlik bildirilib, yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan ijobiy fikrlar bildirildi.

📝 Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

✅ Saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5