🏫 Ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar va dolzarb masalalar muhokama qilindi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-Mexrabod saylov okrugi deputati J. Qodirrovning saylov okrugiga qarashli 6-son umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
📚 Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan uchrashilib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📝 Shuningdek, maktab jamoasi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish hamda ta’lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalarni hal etish, yangi o‘quv yilini munosib boshlash uchun zarur chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.