#deputatlik_faoliyati
#Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi
Albatta, aholining turmushi farovon, dasturxoni to‘kin, barakali bo‘lishida bozorlardagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi.
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 18-Taraqqiyot saylov okrugi deputati A.Tursunboev kotibiyat bosh mutaxasisilari tomonidan shahardagi "Dehqon bozorI"da o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida bozorlardagi veterinariya xizmati ish faoliyati, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, bozor hududi va atroflarida sanitariya va gigiyenik qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotganligi hamda savdo rastalari holatlari ko‘zdan kechirildi.
Shunigdek, bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi yuzasidan tanishib chiqdi.