Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Sattorova hamda tuman Kengashi deputati Z.Norova ishtirokida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati atroficha tushuntirildi. Deputatlar tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatiladigan huquqiy va psixologik yordam hamda Himoya orderini berish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.