18-saylov okrugida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Raxmatovaning xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq 18-saylov okrugi hududidagi “Xumo” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda hududning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududdagi ijtimoiy obyektlar, jamoat joylari va infratuzilma holati o‘rganilib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tahlillar olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.