Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 26-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan Kengashning navbatdagi 26-sessiyasi 2026-yil 30-aprel kuni o‘tkazilishi belgilandi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘riladi:
- Paxtachi tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimi K.Xushbakovning hisoboti haqida;
- tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- tuman Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i mayor S.Jabborovning hisoboti;
- PF-81-son Farmonining 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Master-reja”sini tasdiqlash to‘g‘risida