Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🗳 Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 9-G‘o‘rin–Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov ishtirokida “Xakimobod” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglab, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda tashabbuslar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

💬 Shuningdek, saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan muammolar va takliflarini bevosita deputatga yetkazib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokamasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

📍 Mazkur uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, aholining ehtiyoj va takliflarini inobatga olgan holda kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5