Maktab stadionidagi kamchiliklar deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 8-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat Mamatova Lola Yo‘ldoshevna hamda Kengash kotibiyati mudiri R. Magripova ishtirokida hududdagi 12-sonli umumta’lim maktabi filialining stadionini holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida stadion infratuzilmasining bugungi holati, sport maydonchalarining yaroqliligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, stadionning holati talab darajasida emasligi, ayrim joylarda ta’mirlash va tiklash ishlari zarurligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, stadionni belgilangan me’yorlar asosida qayta ta’mirlash hamda zarur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat nomidan so‘rov yuborildi.