Zarbdor tumanida Obodonlashtirish xizmati xodimlari kuni munosabati bilan ushbu sohada mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat T.Qodirov hududlarimizning tozaligi, ko‘kalamzorligi va obodligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlarni samimiy tabrikladi. Ularning mashaqqatli mehnati yuksak qadrlanib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday e’tibor va e’tirof mehnatkash insonlar uchun katta rag‘bat va ilhom manbaidir.