Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangi qonunlarning mazmun-mohiyati saylovchilarga yetkazildi

Zarbdor tumanining Sharq yulduzi mahallasida jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, yoshlarni zararli g‘oyalardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbirda Kengash kotibiyati mudiri G.Xudoyarova va viloyat Kengashi deputati A.Raxmonqulov ishtirok etib, aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar aholining huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, shuningdek jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4