📌 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan “Mexrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
🤝 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🚶♂️ Shuningdek, saylovchilar bilan uyma-uy yurib, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Hududlarda aholi bilan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.