📌 Deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 13-mart kuni qabul qilingan “Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-22-8-119-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan “Poshxurt” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Deputat tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar doimiy nazoratda.