Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Yangiobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Eshmuradova Hafiza Saydullayevna tomonidan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan bevosita deputatga murojaat qildi.

Qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaati diqqat bilan tinglanib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.

Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 2