Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat faoliyatidan

 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrda qabul qilingan “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi raisi Eshonqulov Eldor Uktamovich tomonidan mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, “Ko‘rpa” oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish, mavjud bino o‘rniga 50 qatnovga mo‘ljallangan yangi bino qurish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar alohida e’tiborga olindi.

Slide 1 of 2