📌 Mahallada huquqiy targ‘ibot va profilaktik ishlar olib borilmoqda
👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov hamkorligida “Chuqurko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi
🏘 Uchrashuv davomida mahalla profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli ishtirokida hududdagi ijtimoiy muhit, oilaviy masalalar va mavjud muammolar yuzasidan suhbat olib borildi
⚖️ Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
🤝 Tadbir yakunida hamkorlikni yanada kuchaytirish, mahallalarda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi