Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani.Mahallada sport inshootlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Elyorjon Saidov tomonidan Alisher Navoiy mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi sport maydonchalari, ularning bugungi holati, foydalanish darajasi hamda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash, sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Slide 1 of 3