Tibbiyot muassasasi faoliyati tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-399-sonli (04.01.2016 yil) Qonun ijrosi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Isoqov tomonidan Olmazor OSHP faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida dori vositalaridan foydalanish, ularning saqlanishi, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati hamda farmasevtika faoliyatining amaldagi holati tahlil qilindi.