Tadbirda Samarqand shahar Kengashi deputati O. Pardayev ishtirok etib, o‘z maruzasini taqdim qildi . Deputat O. Pardayev anjuman ishtirokchilariga shahar va hududda aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda moliyaviy tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi .
Shuningdek, tadbirda talabalar, tadbirkorlar va ilmiy xodimlar bilan ochiq muloqot olib borildi . Ishtirokchilar savol va takliflarini bildirib, deputat tomonidan keng va tushunarli javoblar oldilar .
Uchrashuv ochiq fikr almashish va tajriba bo‘lishish ruhida o‘tdi , shuningdek, yoshlar va tadbirkorlar uchun yangi bilim va ilhom manbai bo‘ldi .