Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna oʻzi saylangan okrugdagi “Qizilsoy” MFYda boʻlib, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida, ayniqsa, mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati atroflicha oʻrganildi. Jumladan, hududda aholining soliq madaniyatini oshirish, fuqarolarga soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan olib borilayotgan targʻibot ishlari koʻrib chiqildi. Soliq inspektori tomonidan hudud aholisiga soliq islohotlarining mazmun-mohiyati, amaldagi imtiyozlar, shuningdek, soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilayotgani taʼkidlandi.