Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TA’LIM MUASSASASIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Madad NNT mas’ul xodimi tomonidan tumanimizdagi 1-IDUMda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga internet muhitida uchrayotgan xavf-xatarlar, onlayn o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan aldov sxemalari, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilishning ahamiyati haqida hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berildi. Mutasaddilar yoshlarni axborotdan foydalanishda tanqidiy fikrlashga, noma’lum manbalarga ishonmaslikka va shubhali takliflarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdilar. Shu bilan birga, ota-ona va ustozlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish hamda muammoli holatlarda mutaxassislarga murojaat qilish zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Slide 1 of 4