Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 QONUNCHILIK TARG‘IBOTI OLIB BORILDI

👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan o‘z mehnat jamoasida O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📖 Tadbir davomida qonunchilikdagi muhim yangiliklar, bank tizimini yanada mustahkamlash, moliyaviy xizmatlar sifati va ochiqligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga yaratilayotgan qo‘shimcha qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💬 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi va yangi o‘zgartishlarning amaliy ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

✅ Tadbir yakunida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4