Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Unda 2026-yil boshiga shakllangan mahalliy budjetning erkin qoldiq qismini tasdiqlash, uning sarflanishi hamda tasdiqlangan parametrlariga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.

Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 5