Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jayxun mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati I.Aralbaeva tumandagi Jayxun mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududda olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputat so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.

Aholi bilan ochiq muloqot — hududni rivojlantirish va xalq roziligini ta’minlashning muhim omilidir.

https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi

Slide 1 of 2