Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.

2026-yil, 8-yanvar kuni Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.

🔷Sessiya kun tartibida:

     - Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning partiya guruhini qayta ro‘yxatga olish to‘g‘risida;

     - Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkiblarini qayta tasdiqlash to‘g‘risida;

     - Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

     - O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1109-son Qonuni muhokamasi to‘g‘risida.

🔹Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2