Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Oʻrganish

🔰Xalq deputatlari shahar Kengashiga O'zbekiston Milliy tiklanish partiyasidan 2-"Tinchlik" saylov okrugiga saylangan deputat Abdujabbor Djurayev “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va faoliyat bilan yaqindan tanishdi.

♻️Jumladan, xotin-qizlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, oilaviy muhitni mustahkamlash hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔰Undan tashqari mahalladagi muammolar va ularning yechimiga doir takliflar o‘rganilib, tegishli choralar bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 4